Rossiya Ukrainadagi urush chog‘ida Xitoyda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilardan foydalangan

Kyodo News'ning yozishicha, Rossiya Ukrainadagi urush chog‘ida Xitoyda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilardan foydalangani aytilmoqda.
Nashrning AQSh ma’muriyatidagi manbalarga tayanib ta’kidlashicha, amerikalik ekspertlar ularning kelib chiqishi, tarkibi va boshqa omillar tahlilidan keyin bu qarorga kelishgan.
Gap aynan qaysi o‘q-dorilar haqida ketayotgani haqida nashrda aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoydan yetkazib berilganmi yoki yo‘qmi noma’lum.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)