Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokaralaridan manfaatdor emas, biroq...

Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokaralaridan manfaatdor emas, biroq...

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokaralaridan manfaatdor emas, biroq G‘arb davlatlarini buning aksiga ishontirishga harakat qilmoqda.

ISW ekspertlarining fikricha, Vladimir Putin, uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘nggi bayonotlari Rossiya ko‘proq G‘arb davlatlarini tinchlik muzokaralari mumkinligiga ishontirishga urinayotganidan dalolat beradi.

Institut Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasidagi telefon suhbatlaridan so‘ng Kreml hisobotlariga e’tibor qaratdi. Rossiya prezidenti Germaniyani Ukrainaga qurol-yarog‘ yuborish siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi va bunday harakatlarni "buzg‘unchi" deb atadi. Aytilishicha, qurol yetkazib berish Kiyevni muzokaralardan bosh tortishga undamoqda. Shols, o‘z navbatida, Ukrainadagi mojaroning har qanday diplomatik yechimi Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketish ekanligini ta’kidladi.

Putin va Shols o‘rtasidagi muzokaralar arafasida AQSh prezidenti Jo Bayden "agar u urushni tugatishdan manfaatdor bo‘lsa" Rossiya prezidenti bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. Biroq buning dargumon ekanligini ham qo‘shimcha qildi. Dmitriy Peskov ushbu bayonotni izohlar ekan, "maxsus harbiy operasiya" davom etishini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlarni tan olmasligi "o‘zaro muhokama uchun asoslar qidirishni murakkablashtiradi".

O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 1 dekabr kuni Moskva tomonidan 2021 yil oxirida taklif qilingan "xavfsizlik kafolatlari"ni eslatib, G‘arbni ularni muhokama qilishga chaqirdi.

ISW ekspertlarining fikricha, Rossiya rasmiylarining bayonotlari G‘arbni Kremlning muzokaralarga tayyorligiga ishontirish uchun mo‘ljallangan, lekin bu Ukraina va ittifoqchilar yon bosganidan keyin sodir bo‘ladi. Shu bilan birga, Moskva muzokaralar mavzusi sulh, tinchlik jarayoni yoki yakuniy tinchlik bitimi bo‘ladimi, aniqlik kiritmadi.

Urushdagi tanaffus Rossiya uchun foydali bo‘lgan bo‘lar edi, deydi ISW, lekin Putin o‘t ochishni to‘xtatishdan manfaatdor emas va xaqiqatdan yiroq talablar qo‘ymoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!