Rossiya Slovakiyani ikki tomonlama kelishuvni buzganlikda aybladi

Rossiya Slovakiyani ikki tomonlama kelishuvni buzganlikda aybladi

Rossiya Slovakiyani Ukrainaga MiG-29 samolyotlari yetkazib berilishi sababli ikki tomonlama kelishuvni buzganlikda aybladi

Moskva bunday bitimlar uning roziligisiz taqiqlanganini ma’lum qildi. Harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Federal xizmatning ta’kidlashicha, 1997 yilda Slovakiya va Rossiya o‘rtasida tuzilgan shartnoma "tomonlarning birortasiga boshqa tomonning roziligisiz ikki tomonlama harbiy-texnik hamkorlik natijasida ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan qurol va harbiy texnikani uchinchi davlatlarga berishni taqiqlaydi".

Slovakiya hukumati shartnomani buzganlik ayblovlariga hozircha izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!