Rossiya poytaxti markazidagi gul omborida yuz bergan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi

Rossiya poytaxti markazidagi gul omborida yuz bergan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi

Rossiya poytaxti Moskva markazidagi Komsomol maydonida joylashgan gul omborida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar davlat agentligi matbuot xizmati yana bir kishi jarohatlangani haqida xabar berdi.

Gullar omboridagi yong‘in haqida mahalliy vaqt bilan 15:13 da xabar berilgan.

O‘t o‘chiruvchilar 7 kishini binodan olib chiqib ketishgan. Yong‘in natijasida birinchi va ikkinchi qavat orasidagi devorlar qulab tushgan. Yong‘in 2,5 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan, izolyasiya qilingan, keyinroq yong‘in o‘chirilgani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!