Rossiya may oyida Hindistonga ikkinchi yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

Rossiya may oyida Hindistonga ikkinchi yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

Va Saudiya Arabistonini uchinchi o‘ringa tushirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

May oyida Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari kuniga o‘rtacha 819 ming barrel Rossiya neftini qabul qildi. Bu tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir, deydi agentlik. Taqqoslash uchun, aprel oyida Hindistondagi neftni qayta ishlash zavodlari kuniga o‘rtacha 277 ming barrel Rossiya neftini qabul qilgan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va u tufayli joriy etilgan sanksiyalardan oldin, Hindiston transporti qimmatligi tufayli Rossiya neftini katta hajmda xarid qilmagan. Biroq, endi Rossiya neftni sezilarli chegirma bilan sotmoqda, bu esa Hindiston uchun xaridlarni yanada jozibador qiladi, deb yozadi Reuters.

Iroq may oyida Hindistonga neft eksport qiluvchi davlatlar ro‘yxatida hamon birinchi o‘rinni egallab turibdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!