Rossiya kompaniyalari 4 mamlakatda 11 mingdan ortiq vakolatxonalarni ochdi

Rossiya kompaniyalari 4 mamlakatda 11 mingdan ortiq vakolatxonalarni ochdi

2022 yildan beri Rossiya kompaniyalari 4 mamlakatda 11 mingdan ortiq vakolatxonalarni ochdi. Bu haqda «Izvestiya» Finion kompaniyasi hisob-kitoblariga tayanib yozmoqda.

Eng ko‘p filiallar Serbiyada ochilgan - 9 ming. BAAda 1600 ta, Armanistonda 850 ta, Qirg‘izistonda 450 ta kompaniya ro‘yxatga olingan.

Mutaxassislar biznesning ushbu mamlakatlarga kelishini logistika va soliqlarni tejash, shuningdek, xorijiy to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyati bilan bog‘lashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!