Rossiya insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yordam beradi

 Rossiya insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yordam beradi

Rossiyaning “GEROFARM” va O‘zbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyalari o‘rtasida mamlakatda analog va inson insulinini ishlab chiqarish texnologiyasini joriy qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Unga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi insulin analoglari — glargin, lispro va ikki fazali lisproning biosimilyarlarini shpris qalamlari va kartridj shaklida ishlab chiqarish texnologiyasini (quyish, qadoqlash, sifatni nazorat qilish) o‘zbekistonlik hamkorlariga yetkazib beradi.

“Bundan tashqari, qisqa va o‘rta ta’sirli inson insulinlari hamda ikki fazali kombinasiyalangan preparatni mahalliylashtirish rejasi ham bor. Shu maqsadda 2023 yil davomida O‘zbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyasida ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari amalga oshiriladi va texnologiyalar yetkazilib o‘rnatilishi, transferi yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!