Rossiya fuqaroligini olishga qaror qilgan Estoniya aholisi deportasiya qilinishi mumkin

Rossiya fuqaroligini olishga qaror qilgan Estoniya aholisi deportasiya qilinishi mumkin

Rossiya fuqaroligini olishga qaror qilgan Estoniya aholisi deportasiya qilinishi mumkin, dedi Estoniya Bosh vaziri.

Bu haqda Kaya Kallas Estoniya parlamenti deputati Aleksandr Chapliginga bergan javobida aytib o‘tdi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi Ukrainaga hujum qilganda Estoniyada yashovchi shaxsning Rossiya fuqaroligini olishga qaror qilishi hattoki uning Rossiya armiyasi safida Ukraina urushida qatnashishga tayyor ekanligini ko‘rsatishi mumkin. "Bu allaqachon Estoniya Respublikasi xavfsizligiga tahdid va Estoniya davlati e’tibordan chetda qolmasligi uchun juda aniq signaldir", deb ta’kidladi Kallas.

Avvalroq Estoniya ichki ishlar vaziri Lauri Länemets Estoniya hukumati Rossiya fuqaroligini olishga qaror qilgan shaxslarni qanday qilib deportasiya qilishni o‘rganayotganini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!