Rossiya Transport vazirligining ma’lum qilishicha, Marinera kemasiga 2025 yil 24 dekabrda Rossiya qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda Rossiya davlat bayrog‘i ostida suzish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma berilgan.
"BMTning 1982 yildagi Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi normalariga muvofiq, ochiq dengizlarda suzish erkinligi rejimi amal qiladi va hech bir davlat boshqa davlatlar yurisdiksiyasida tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tgan kemalarga nisbatan kuch ishlatish huquqiga ega emas", deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq, AQSh Qurolli kuchlari Yevropa qo‘mondonligi Atlantika okeanida Rossiyaning Marinera neft tankeri qo‘lga olinganini tasdiqlagan edi.
"Kema AQSh federal sudi tomonidan berilgan orderga muvofiq Shimoliy Atlantika hududida to‘xtatildi", deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskva AQSh tomonidan qo‘lga olingan Rossiya kemasi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini aytgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.