Ronaldu: «O‘g‘lim katta futbolda men bilan birga o‘ynamoqchi...»

Ronaldu: «O‘g‘lim katta futbolda men bilan birga o‘ynamoqchi...»

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘ng‘ich farzandi bilan katta futbolda o‘ynash uchun ham faoliyatini yaqin orada tugatmasligi mumkinligini bildirdi.

«O‘g‘lim menga: «Dada, yana bir necha yil o‘ynang. Men siz bilan birga to‘p surmoqchiman», dedi. Ha, o‘g‘lim hali endi 12 yoshga kirayotganini inobatga olsak, bu juda ham qiyin, ammo buni uddalashim mumkin», - deydi Ronaldu Frenk Xolid bilan intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Krishtianu Ronalduning «MYu» bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilga qadar imzolangan bo‘lsa, uning 12 yoshli o‘g‘li «MYu» akademiyasida to‘p surmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!