Ronaldu: "Odamlar Krishtianu tugadi, deyishadi, ammo..."

Ronaldu: "Odamlar Krishtianu tugadi, deyishadi, ammo..."

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali professional faoliyatini yakunlamoqchi emasligini aytdi. Portugaliyalik tanqidchilariga ham javob qaytardi.

"Odamlar Krishtianu tugadi, deyishadi, lekin bu to‘g‘ri emas. Oyoqlarim tolib ketguncha o‘ynashda davom etaman. Menda hali ko‘p kuch bor. Men hali ham futbolni, gol urishni va g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘raman. Ular meni tugadi, deyishadi, lekin men hali ham buning aksini ko‘rsatishda davom etaman”, - deya Ronaldudan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmidan buyon Saudiya Arabistonida “An-Nasr” safida to‘p tepmoqda. Yangi jamoaga o‘tishidan oldin Krishtianu "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!