Ronaldu "Atletiko" muxlislariga: "Menda 5 ta, sizda esa 0" (video)

Ronaldu "Atletiko" muxlislariga: "Menda 5 ta, sizda esa 0" (video)

Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madridda Atletiko dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi muxlislarga murojaat qilganidan xabaringiz bor.

Ispaniyada kechgan YECHL nimchorak finali o‘yinida Yuventus 0:2 hisobida yutqazdi. Ronaldu esa madridlik muxlislar tomonidan tazyiqqa uchradi. Ishqibozlarga javoban esa Ronaldu Menda beshta sovrin bor, sizda esa yo‘q qabilida javob qaytargan. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ana shu holat aks etgan video tarqaldi. Unda manzili tomon oshiqayotgan Ronalduning muxlislarga qarata avval beshta barmog‘ini, keyin esa 0 ishorasini ko‘rsatganini ko‘rish mumkin. Bu yog‘i esa o‘z-o‘zidan tushunarli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!