Rishtonda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzgan fuqaroga javobgarlik belgilandi

Rishtonda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzgan fuqaroga javobgarlik belgilandi

Sayyor sud majlisi – sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini namoyon qilish bilan birgalikda ishlarni ko‘rishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, qonunlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash, qonun ustuvorligini ta’minlashning samarali va amaliy shaklidir.  

Sayyor sud majlisi boshqa shaxslarda qonun talablari buzishga moyillikni yuzaga kelishining oldini olishga yordam beradi, qonunni buzgan shaxslarni ommaviy muhokama qilish orqali ayb uchun javobgarlik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini ta’minlaydi hamda jamiyatda qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasizlik madaniyatini shakllantiradi.      

2019 yil 21 noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Rishton tuman bo‘limi hodimlari tomonidan Rishton tuman Ar-Roshidoniy MFY Roshidoniy ko‘chasi
63-uyda yashovchi M.Shokirovning (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) xonadonida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligi yuzasidan tekshirish o‘tkazilganida, huquqbuzar M.Shokirov noqonuniy ravishda xonadonida mavjud elektr hisoblagichdan tashqari 1 dona rozetka va 3 dona yoritish chirog‘ini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib davlat manfaatlariga 855.000 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur ma’muriy ish 2019 yil 9 dekabr kuni Rishton tuman ma’muriy sudi raisi X.Xakimov tomonidan Rishton tumani “Ar-Roshidoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida, ochiq sayyor sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqildi.

Sud, huquqbuzarga nisbatan jazo tayinlashda, uning shaxsini, oilaviy sharoitini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganini, pensioner ekanligini, yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligini, huquqbuzarlikning barcha yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 33-moddasini qo‘llab, modda sanksiyasida nazarda tutilgan jarima jazosining eng kam miqdoridan ham kamroq jarima jazosi tayinladi.

Rishton tumani ma’muriy sudi raisi X.Xakimov tomonidan “A.Roshidoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tgan, ochiq sayyor sud majlisida ishtirok etuvchi shaxslarga, fuqarolar hamda jamoatchilpk vakillariga kelgusida bunday huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan keng jamoatchilik ta’sir choralarini kuchaytirib, huquqiy targ‘ibot–tashviqot va tushuntirish ishlarini muntazam ravishda o‘tkazib kelinishi maqsadga muvofiqligi tushuntirib o‘tildi.

 

Xamdamjon Xakimov,

Rishton tuman ma’muriy sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!