Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat qildi

Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat qildi

Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga qarama-qarshilikka chek qo‘yishni so‘rab murojaat qildi.

“Rim papasi Fransisk Ukrainadagi mojaroning harbiy kuchayishi va yadroviy tahdiddan chuqur xavotir bildiradi. U Putinni qarama-qarshilikni zudlik bilan to‘xtatishga, Zelenskiyni esa jiddiy tinchlik takliflariga ochiq bo‘lishga chaqiradi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, Rim papasi tomonlarni har bir davlatning hududiy yaxlitligi va ozchiliklar huquqlarini hurmat qilishga chaqirgan.

Fransisk bir necha bor Ukraina inqirozining sabablari haqida gapirgan va NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harakatlarini Ukrainada maxsus harbiy operasiya boshlanishiga turtki deb atagan.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denasifikasiya va demilitarizasiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operasiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!