Reuters: Germaniya va Italiya hukumati kompaniyalarga Rossiya gazini sotib olish uchun rubl hisoblarini ochishga ruxsat beradi

Reuters: Germaniya va Italiya hukumati kompaniyalarga Rossiya gazini sotib olish uchun rubl hisoblarini ochishga ruxsat beradi

Ikki manba Reuters agentligiga Germaniyaning nemis gaz importchilariga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzmasdan rubl hisoblarini ochish mumkinligi haqida maslahat berganini tasdiqladi. Shuningdek, Germaniya bu borada Yevropa Ittifoqi bilan yaqin hamkorlikda harakat qilgani aytiladi.

Italiyada ham xuddi shunday holat yuzaga kelgan – agentlik manbalariga ko‘ra, Italiya hukumati bu masalani Yevropa komissiyasi bilan muhokama qilgan va Rossiya gazini qonuniy yo‘l bilan sotib olish bo‘yicha tushuntirishlar olgan.

Avvalroq Polsha, Bolgariya va Finlyandiya Moskvaning Gazprombankdagi rubl hisob raqamlari orqali gaz uchun to‘lovni amalga oshirish talabini bajarishdan bosh tortgan edi, natijada bu mamlakatlarga gaz yetkazib berish to‘xtatilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!