Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat mulkiga aylanadi

Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat mulkiga aylanadi

Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat va Moskva hukumati mulkiga aylanmoqda, deb xabar qildi Sanoat va savdo vazirligi o‘z Telegram-kanalida.

“Imzolangan shartnomalar Renault Russia aksiyalarini Moskva shahri ixtiyoriga hamda Renaultga tegishli bo‘lgan AvtoVAZ aksiyalarini - Rossiya sanoat va savdo vazirligiga bo‘ysunuvchi FGUP NAMIga o‘tkazishni nazarda tutadi”, — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, aktivlardagi ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:

Renault Russia YOAJning 100% aksiyalari Moskva hukumatiga o‘tadi;
- AvtoVAZ avtomobil konsernining 67,69% aksiyalari Rossiya Federasiyasi mulkiga aylanadi (FGUP NAMI);
- AvtoVAZning qolgan aksiyalari "Rostex" ixtiyorida qoladi.
- AvtoVAZ Rossiyada Renault avtomobillariga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi, shuningdek, o‘z zavodlarida butun Lada rusumli assortimentini ishlab chiqarishni davom etadi.

Sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilishiga ko‘ra, Renault kelgusi 6 yil ichida AvtoVAZdagi o‘z ulushini qayta sotib olish huquqiga ega.

Fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi AvtoVAZga egalik qiluvchi "Rostex" bilan qo‘shma korxonaning deyarli 68% aksiyalariga egalik qilgan. Renault 23 mart kuni Rossiyada ishlab chiqarishni to‘xtatganini e’lon qilgan edi.

AvtoVAZ ikki marka - Lada va Renault uchun to‘liq tsiklli avtomobillar va butlovchi qismlarni ishlab chiqaradi. Zavodlar Tolyatti va Ijevskda joylashgan. Bugungi kunda Lada brendi beshta modellar oilasidan iborat avtomobillar ishlab chiqarmoqda: Vesta, Xray, Largus, Granta va Niva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!