Rekord: Fransiyada bir sutkada 32 mingdan ortiq kishi "COVID-19"ga chalindi

Rekord: Fransiyada bir sutkada 32 mingdan ortiq kishi "COVID-19"ga chalindi

Fransiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda 32,4 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar bermoqda Sante Publique sanitariya agentligi.

Bungacha bir kecha-kunduzda COVID-19’ga chalinish bilan bog‘liq eng ko‘p holat 30 mingtani tashkil etar edi.

Fransiyada epidemiya boshidan buyon kasallanganlarning umumiy soni 867 mingdan oshdi, 33 392 kishi vafot etdi. O‘tgan 24 soat ichida mamlakatda koronavirus tufayli 90 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Bir hafta ichida kasalxonalarga 7198 nafar COVID-19’ga chalingan bemor kelib tushgan, ularning 1269 nafari — reanimasiyaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!