«Reklama to‘g‘risida»gi qonun ijrosi qay darajada ta’minlanmoqda?

A A A
«Reklama to‘g‘risida»gi qonun ijrosi qay darajada ta’minlanmoqda?



Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda televideniyedagi reklamaga oid normalar ijrosi, mazkur sohadagi reklama faoliyat sub’ektlari tomonidan reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi holati, reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan qonun buzilishlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, televideniyedagi reklama boshqa dasturlardan o‘zining boshlanishi va oxirida audio-, video-, aralash vositalar yoki boshlovchilarning sharhlari yordamida ajratib qo‘yilishi holati yuzasidan joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 15 ta holatda reklama bloklari teleboshlovchilarning sharhlarisiz joylashtirilgani kuzatilgan.

Shuningdek, teleko‘rsatuvlar (konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- va telefilmlar) namoyishi davomida (oralig‘ida) bir nechta reklama bloklarini joylashtirilishi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga va keng jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Joriy yilning iyul-avgust oylarida esa 8 ta telekanaldan reklama uchun ajratilgan efir vaqtining kunlik hajmiga 15 foiz nisbatan qo‘yilgan talablarga rioya qilinmagan.

Muhokamalar davomida deputatlar bugungi kunda teledasturlarning reklama qismlari (bloklari) tovushining teledasturlarga nisbatan me’yordan balandroq berilishi holatlari kuzatilayotgani va bu teletomoshabinlarning e’tiroziga sabab bo‘layotganini qayd etdilar.

Ularning aytishicha, reklama qonunchiligida reklamani tovushiga nisbatan qat’iy me’yorlar belgilangan bo‘lsada, ayrim telekanallar tomonidan reklama bloklarida joylashtirilgan reklamaning tovushi teledastur va teleko‘rsatuv tovushiga nisbatan balandroq qilib berilmoqda.

Qo‘mita a’zolari ayrim telekanallar («ZO‘R TV», «Mening Yurtim», «FTV») tomonidan joylashtirilgan reklamani tovushi boshqa teledasturlarga nisbatan oshib ketgani kuzatilganini aytib, bu borada qanday choralar ko‘rilmoqda, deya mutasaddilarga murojaat qildi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ullari ushbu savolga javob berar ekan, reklamani tovushiga nisbatan belgilangan me’yorlar (cheklovlar)ga rioya etmagan telekanallarga nisbatan ogohlantirish xatlari yuborilganini bildirdi.

Yig‘ilishda reklama qilinishi taqiqlangan yoki alohida tartibi mavjud reklama axboroti haqida ham so‘z yuritildi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

Dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) va boshqa (ozdiruvchi, semirtiruvchi) preparatlarga oid tovarlar reklamasini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 809 ta, xalq tabobati tovarlari reklamasini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 29 ta, energetik ichimliklarning reklamasini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 133 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ogohlantirishlar berilgan.

Reklama qonunchiligi buzganligiga qaramasdan vakolatli davlat organi o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalanmagan hamda aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha rasmiy ogohlantirishlar berish bilan cheklangan. Buning natijasida qonun buzilishi holatlari takrorlanmoqda.

Teatr-konsert tadbirlari reklamasini iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shu jumladan, teatr-konsert tadbirlarida fonogrammadan foydalanilganda ushbu tadbir reklamasida bu haqda ma’lumot taqdim etilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 6 ta kamchiliklar hal etilgan.

Qizg‘in savol-javoblar davomida deputatlar tomonidan televideniye orqali tarqatilayotgan reklamaning davomiyligiga qo‘yilgan talabga rioya etilishi, reklama faoliyat sub’ektlari tomonidan televideniyeda reklamani tarqatishning taqiqlangan usullaridan foydalanish, televideniye orqali tarqatilayotgan reklamada voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash talablariga rioya etilishi holati yuzasidan qator savollar berildi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ullari ko‘tarilgan har bir savol bo‘yicha asoslantirilgan javoblar berdilar.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.