Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolariga ayrim xarajatlar uchun kompensasiya to‘lanadi

Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolariga ayrim xarajatlar uchun kompensasiya to‘lanadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-779-son, 16.06.2022 y.) bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi.

🔰 “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.

⏳Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida ma’lum qiladi (ilgari 15 kun edi).

☑️ Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak.

🚫 Siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

💰Referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensasiya to‘lanadi.

❕Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi belgilandi.

➡️ Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.

📋 Shuningdek, Saylov kodeksiga “Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi” hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi Qonunga “Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini o‘zgartirish” moddalari kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!