"Real" hujumchisi uchun kurashayotgan jamoalar soni ko‘payib bormoqda

"Real" hujumchisi uchun kurashayotgan jamoalar soni ko‘payib bormoqda

"Real" vingeri Marko Asensio "Yuventus"ga o‘tishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Turin klubi 26 yoshli futbolchining shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Shartnoma 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan va madridliklar uni uzaytirishni rejalashtirmayapti. "Yuventus" futbolchini kelasi yozda tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Qayd etilishicha, ispaniyalik futbolchiga "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Asensio "Real"dan "Barselona"ga o‘tishi mumkinligini inkor etmagandi.

Joriy mavsumda futbolchi madridliklar safida 4 ta uchrashuvda 1 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!