"Real" futbolchisi "Barselona"ning jarohat olgan o‘yinchisiga sog‘lik tiladi: "birinchi navbatda unga inson sifatida yondashish kerak"

"Real" futbolchisi "Barselona"ning jarohat olgan o‘yinchisiga sog‘lik tiladi: "birinchi navbatda unga inson sifatida yondashish kerak"

Madridning «Real» klubi hujumchisi Xoselu va uning jamoadoshi Dani Karvaxal Gavini qo‘llab-quvvatladi.

«Raqiblik va hamkasblik masalalarini unutish kerak, birinchi navbatda unga inson sifatida yondashish kerak. Yanada kuchliroq bo‘lib qaytishiga umid qilaman. Omad!», - dedi Karvaxal ijtimoiy tarmoqlarda.

«Bu g‘alaba mag‘lubiyatdan ham yomonroq bo‘ldi. Sen bu muvaffaqiyatsizlikni yengib o‘tadigan ajoyib yigitsan. Xavotir olma. Biz seni qo‘llab-quvvatlaymiz», deyiladi Xoselu postida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!