O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha ariza yuborgani haqida xabar bergan edik. Bu borada futbol ommasidan kelib tushgan savollarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov javob berib o‘tdi.
— Osiyo kubogi mezbonligini qabul qilish imkoniyatlari haqida:
— Osiyo kubogi qit’amizning eng nufuzli futbol turniri hisoblanadi. Shu sababli mezbonlikka da’vogar mamlakatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Hozirda OFK arizalarni qabul qilmoqda. Keyingi bosqichda ularni tasdiqlaydi va rasman e’lon qiladi. Imkoniyatlarni o‘rganib chiqish jarayoni shundan so‘ng boshlanadi. OFK maxsus inspeksiyasi da’vogar mamlakatlar talablarga qanchalik mosligini aniqlaydi. Osiyo futbol konfederasiyasi qit’amizning barcha hududlarida futbol yanada rivojlanishi tarafdori. Ayni paytgacha milliy jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi aksariyat mintaqalarda bo‘lib o‘tgan. Markaziy Osiyo ushbu turnirga hozircha mezbonlik qilmagan. OFK bizning mintaqaga ham o‘zining eng katta musobaqasi mezbonligini taqdim etishiga umid bildiramiz.
— Osiyo kubogi mezbonlariga qanday talablar qo‘yiladi va ushbu mamlakatlar bunga tayyormi?
— Agar oxirgi yillarni oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston uchta yirik musobaqaga mezbonlik qildi. U-20 va U-23 Osiyo chempionatlari mezbonligiga nomzodimizni yuborganimizda dastlab OFK bizning qanchalik tayyor ekanligimiz borasida o‘ylandi. Keyinchalik barcha talablarni o‘z vaqtida va sifatli bajarganimizdan so‘ng hech qanday shubhaga o‘rin qolmadi. Mehmonxonalar, logistika, transport va boshqa yo‘nalishlar xalqaro standartlarga moslashtirildi. Hozir tashkiliy jihatdan OFK ishonchini qozonganmiz, deb o‘ylayman. Xalqaro maqomdagi stadionlarimiz ham bor. Lekin bizga sig‘imi kattaroq stadionlar kerak. Osiyo kubogining eng muhim o‘yinlarini qabul qilish uchun 40-50 ming kishilik stadionlar talab etiladi. Biz bu masalada bir qancha loyihalarni ko‘rib chiqyapmiz. Qo‘shnilarimiz ham barcha sharoitlarni taqdim etishga tayyor. Masalan, Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkekda 51 ming muxlisga mo‘ljallangan stadion qurilishi boshlab yuborilgan. Ishonchim komil, agar turnir bizga topshirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini o‘tkaza oladi.
— Osiyo kubogi mezbonligining biz uchun qanday ijobiy tomonlari bor?
— Birinchi navbatda bu futbol muxlislari uchun katta bayram. Bugun Osiyo futboli rivojlanib boryapti. Eng yaxshi yulduz futbolchilar qit’amizga kelib o‘ynashyapti va osiyoliklar Yevropaning eng yirik klublariga yo‘l olishyapti. Ularning hammasi Osiyo kubogida ishtirok etadi va yurtimiz maydonlarida unutilmas uchrashuvlar o‘tkazishadi. Qolaversa, milliy jamoamiz ham o‘z hududida yanada yaxshiroq ishtirok etishga harakat qiladi. Qo‘shni qardosh mamlakatlar bilan munosabatlarimiz yanada mustahkamlanadi. Zamonaviy futbol infratuzilmasi rivojlanadi va mutaxassislarimiz xalqaro tajribaga ega bo‘ladi. Butun dunyo futbol jamoatchiligi e’tibori nafaqat futbolimizga, balki mamlakatlarimiz turizm salohiyati, madaniyati va tarixiga qaratiladi. O‘z navbatida futbol orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ladi. Barcha sohalar singari futbol ham kompleks va keng qamrovli harakatlar bilangina rivojlanib boradi. Katta loyihalar ta’siri eng kichik futbol maktablarigacha kirib boradi. Shu sababli, biz Osiyo kubogi kabi turnirni yurtimizga olib kelish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.