Rasululloh alayhissalom: Uch narsa halok qiluvchidir...

A A A
Rasululloh alayhissalom: Uch narsa halok qiluvchidir...

“Ujb” so‘zi lug‘atda “kekkayish”, “takabburlik” va “faxrlanish” ma’nolarini anglatadi. Ulamolar insonda vujudga keladigan ujb sifatini turlicha ta’riflashgan.

Rog‘ib Asfahoniy: Ujb – inson o‘zini o‘zi haqli bo‘lmagan darajaga haqliman deb o‘ylashidir, degan.

G‘azzoliy rahmatullohu alayh: Ujb – ne’matni haqiqiy ne’mat beruvchiga nisbat berishni unitib, uni o‘zida katta sanab unga suyanib qolishdir, degan.

Ibn Abdussalom: Inson o‘ziga berilgan ne’mat yoki yaxshi amalni Allohdan ekanini unitishi va bularni o‘z nafsidan deb xursand bo‘lishi ujbdir, degan.

Alloh taolo mutloq suymaydigan kibr ham ayni mana shu ujb, ya’ni o‘zidan-o‘zi faxrlanish ortidan yuzaga keladi. Shu sababdan ham Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflarda ujbni yomonlab zikr qilgan. Alloh taolo Hunayn g‘azoti kunida musulmonlarning mag‘lubiyatga ujb sabab bo‘lganini eslatib shunday deydi:

“...Hunayn kunida (son jihatdan) ko‘pligingiz sizlarni mag‘rurlantirgan edi, ammo (bu) sizlardan biror narsani daf qila olmadi” ("Tabva" surasi, 25 oyat).

 

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Uch narsa halok qiluvchidir: itoat qilinadigan baxillik, ergashiladigan havoi-nafs va kishi o‘z nafsi bilan faxrlanishi” – dedilar (Bazzor rivoyati).

Boshqa bir o‘rinda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ujbni katta gunohlardan biri ekanini aytib shunday deganlar: “Agar sizlar biror gunoh qilmaydigan bo‘lganlaringizda, men sizlarga bundanda kattarog‘idan qo‘rqqan bo‘lar edim. U ujbdir” (Bazzor Anasa roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: “Halokat ikkita narsada: Ujb va Allohning rahmatidan umidni uzishda”, degan. Ma’lumki, baxt-saodatga talab qilish bilan erishiladi. Umidni uzgan odam talab qilmaydi. O‘zidan o‘zi faxrlangan odam maqsadga erishib bo‘ldim deb o‘ylaydi va harakat qilmaydi. Shuning uchun ham ibn Mas’ud roziyallohu anhu bu ikki sifatni halokat sababchilari sifatida aytgan.

Ali roziyallohu anhu: “O‘zidan o‘zi faxrlanish to‘g‘rilikni ziddi va aqllarning ofatidir”, deb bejiz aytmagan.

Sheroziy rahmatullohu alayh aytadi: “Bilginki, ujb eng yomon sifatdir. U fazilatlarni tortib olib, pastkashlik keltiradi. Nafratni keltirib chiqarib, yaxshiliklarni yo‘q qiladi. Yomonliklarni oshkor qilib, halokatga olib boradi”.

Ulamolar ujbni sakkizta qismi mavjud ekanini aytishib, bularning oldini olish yo‘llarini ham ta’kidlab o‘tishgan.

Birinchisi, inson o‘zining xilqatining go‘zalligiga qarab faxrlanadi. Buni Allohning ne’mati ekanini va bir lahzada yo‘q bo‘lib qolishini unutadi. Buning oldini olish uchun birinchi nimadan yaratilganu, oqibatda yana nimaga qaytishini mulohaza qilsin.

Ikkinchisi, o‘ziga berilgan kuch-quvvat bo‘lib, unga shukr keltirishni unutib, ushbu kuch-quvvatni ato etgan zotga suyanishni tark qilib qo‘yadi. Buning oldini olish uchun haqiqiy kuch-quvvat egasi Alloh ekanini e’tirof etib shukr keltirsin. O‘zidagi kuch-quvvat tortib olinib, eng zaif bandaga aylanib qolishini unutmasin.

Uchinchisi, aql bo‘lib,  uni chiroyli sanab bunday aql faqat menda bor deb o‘ylab qoladi. Buning oldini olish uchun, avvalo Allohga qayta-qayta shukr keltirsin. Bu ne’mat boshqalarga berilmagandek, o‘zidan ham olib qo‘yilishi mumkin ekanini o‘ylab ko‘rsin. Aql sababli qanchalab ilmga ega bo‘lmasin, baribir oz ekanini unitmasin.

To‘rtinchisi, ulug‘ nasabga ega bo‘lish bo‘lib, u bilan faxrlanishi va shu sababli men ko‘plab odamlardan afzalman deb qolishi. Buning oldini olish uchun, nasab biror savob keltirmasligi yoki biror azobni daf qilmasligini bilsin. Alloh huzurida eng hurmatli inson taqvodor insondir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qizlari Fotima va ammalari Sofiya roziyallohu anhumolarga “Men sizlarga Allohdan biror narsani behojat qila olmasman” deganlar. Buning oldini olish uchun, nasab bilan faxrlanish bu boshqaning kamoli bilan o‘zini aziz tutish ekanini bilsin. So‘ng yana, yaqin (tirik) otasi nutfadan paydo bo‘lganini va uzoq (vafot etgan) bobosi tuproqqa aylanib bo‘lganini ham bilib qo‘ysin.

Beshinchisi, zolim hukmdorlarga o‘zini nisbatini berib, ular bilan faxrlanishi. G‘azzoliy rahmatullohu alayh aytadi: Bu nihoyatda nodonlik bo‘lib, buning oldini olish uchun, zolimlar Allohning huzurida xorlanib g‘azabga duchor bo‘lishlarini o‘ylab ko‘rsin.

Oltinchisi, farzandlari, qarindoshlari va o‘ziga tobe’ kishilarning ko‘pligiga ishonib, Allohga suyanishni va Unga tavakkul qilishni unutib qo‘yishi. Buning oldini olish uchun, haqiqiy ko‘mak beruvchi zot Alloh ekanini aniq bilsin. Albatta, ularning ko‘pligi o‘lim vaqtida biror foyda bermasligini tushunsin.

Ettinchisi, mol-dunyoning ko‘pligi bo‘lib, unga suyanib qolishi. Alloh taolo buning misolini ikki bog‘ egasini xabarini berish bilan keltirgan: “Yana uning boyligi ham bor edi. Bas, u birodariga murojaat qilib: “Mening boyligim senikidan ko‘proq va odamlarim kuchliroq” - dedi” (Kahf surasi, 34-oyat). Buning oldini olish uchun, mol-dunyoni fitna ekanini va uning ofatga uchraydigan sabablari bir qanchaligini bilsin.

Sakkizinchisi, xato fikrga ega bo‘lib qolib, buni ne’mat deb o‘ylab qolishi. Aslida esa, bu azobdir. Alloh taolo bu haqda shunday degan:

“Axir, (qilgan) yomon ishi o‘ziga chiroyli ko‘rsatilib, uni go‘zal (ish) deb o‘ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo‘larmidi)?!” (Fotir surasi, 8-oyat).  Buning oldini olish boshqalaridan qattiqroq bo‘ladi. Chunki xato fikr egasi, o‘zining xatosi sababli nodondir. Buning oldini olish uchun, o‘zining fikriga suyanib aldanib qolmasligi kerak. O‘zining fikrini Qur’on yoki hadis yoki sog‘lom aqliy dalil quvvatlasa shunda fikriga qarab ish qilsin.

Shuni ham alohida ta’kidlab aytish kerakki, ko‘pincha insonda ujbning paydo bo‘lishiga atrofdagi maddohlarning maqtovlari va olqishlari ham sabab bo‘ladi. Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bir kishi boshqa bir kishini maqtadi. Shunda Payg‘ambarimiz: Holingga voy bo‘lsin, birodaringni bo‘ynini sindirding, deb bir necha marotaba takrorladilar. So‘ng: Sizlardan biringiz boshqani chorasiz maqtashga to‘g‘ri kelib qolsa “Men uni shunday deb o‘ylayman. Allohning O‘zi kifoyadir. Men Allohga hech kimni poklamayman” – desin", dedilar.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: Maqtash so‘yishdir, degan.

Shu sababdan oqil inson atrofidagi maddohlarning olqishlariga emas, balki qalbi sof do‘stlarning maslahatlariga quloq solishi lozim. Zero mana shunday do‘stlargina yaxshilik va ayblarga ko‘zgu bo‘ladilar. Inson o‘zicha yaxshi deb o‘ylab e’tiborsiz qoldirgan yomonliklaridan ogoh etadilar.

Anas ibn Molik rozyaiyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min mo‘minning ko‘zgusidir. Agar unda biror aybni ko‘rsa, tuzatadi” – deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Umar roziyallohu anhu: Ayblarimni ko‘rsatib qo‘ygan insonni Alloh rahm qilsin, der edi.

Movardiy rahmatullohu alayh aytadi: “Kibr va ujb insondagi fazilatlarni tortib olib, razil-yomon sifatlarni keltiradi. Kibr va ujb egasi nasihatchining nasihatiga va odob beruvchining ta’limiga quloq solmay qo‘yadi. Chunki kibr inson biror darajaga erishganda va ujb esa inson biror fazilatga ega bo‘lganda  yuzaga kelib qoladi. Shunda mutakabbir o‘zini ta’lim beruvchining martabasidan yuqori qo‘yadi. Ujb egasi esa o‘z fazlini odob beruvchinikidan ortiq sanaydi”.

Shunday ekan, ujb insonga ko‘plab zararlar keltiradi. Ujbning oqibati kibrga olib borishining o‘zi uning oftiga kifoya qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, shaytonning Allohga osiy bo‘lishiga kibri sabab bo‘lgani barchamizga ma’lum. Imom G‘azzoliy rahmatullohu alayh ujbning zararli oqibatlaridan ogohlantirib aytadi: Ujb gunohlarni unutib ularga beparvo bo‘lib qolishga sabab bo‘ladi. Ujb sohibi qilayotgan ibodatlarini va amallarini katta sanab faxrlanib qoladi. Ushbu ibodatlarni qilayotganidan Allohga minnat qilishgacha boradi. O‘z ibodatlaridan ujbga tushgani sari buning yomon oqibatlarini ham unutib boradi. Kim amallarini yomon oqibat bilan yakun topishiga e’tibor qilmasa qilayotgan harakatlari zoye bo‘lib qolaveradi. Ujb egasi o‘z nafsi va fikri bilan aldanib qolib, Allohning makri va azobidan xotirjam bo‘lib qoladi. U o‘z nafsini maqtab biror ayb va kamchiliklardan xoli deb biladi. Natijada boshqalar bilan maslahatlashish yoki biror bilmagan narsasini so‘rashni o‘ziga or bilib, o‘z fikri bilan kifoyalanib qoladi. Eng yomoni o‘zining xato fikrini to‘g‘ri deb bilib, o‘zidan shunday fikr chiqqanidan xursand bo‘lib o‘sha fikrida qat’iy turib olishidir. Goho bu narsa uni halokatiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa uning bu xato fikri din ishlariga tegishli fikr bo‘lsa. Shuning uchun ham ujb halokatga olib boruvchi illatlardan biri sifatida sanalgan. Ujb egasining men maqsadga erishib bo‘ldim deb amal qilishdan to‘xtab qolishi, ujbning eng katta oftlaridan biridir. Bu esa shubhasiz ochiq oydin halokatdan boshqa narsa emas.

Darhaqiqat, bugungi kunimizda ozgina ilm o‘qib yoki eshitib, lekin uqimay o‘zini “olim”man deb yurgan yoshlarimiz borligi xech kimga sir emas. Ular o‘zlaridagi ana shu ozgina ilm bilan kifoyalanib va shundan xursand bo‘lib hamda bo‘ldi maqsadga erishdim deb, yurishlariga nafslariga o‘rnashib qolgan ujb sababdir ehtimol. O‘zlarini qo‘llariga kitob olib bir qator o‘qishga sabrlari yetmasdan turib, o‘nlab mujalladli kitoblar yozgan mujtahid ulamolarga til tekkizishlari achinarli holatdir. Ilm va salohiyati yetmagan holda oyat va hadislarning zohiriy ma’nolaridan o‘zlarining xato fikrlariga asoslanib hukm olmoqchi bo‘ladilar. Mustahkam ilm va asosli dalilga suyanmasdan turib oyat va hadislardan to‘g‘ridan to‘g‘ri hukm olib bo‘lmaydi, degan ulamolarning nasihatiga quloq solishni o‘zlariga ep ko‘rmaydilar. Natijada o‘zlarini ham boshqalarni ham adshishiga sabab bo‘lib qoladilar.

Ushbu xatolarni tuzatish uchun ilm o‘qiylik, nafsimizni zikr, tilovati Qur’on, salovatlar ila sayqallab ujb va kibr kabi illatlardan soflaylik. Mujtahid ulamolar va ularning mo‘’tabar asarlarini hurmatini o‘z o‘rniga qo‘yaylik. Eng muhimi, “Kim men olimman desa, u johildir” degan nasihatni unutmaylik!

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Messi o‘ziga o‘xshagan eng iqtidorli yosh futbolchi kimligini aytdi

«Интер Майами» ҳужумчиси Лионель Месси ҳозирги ёш авлод вакиллари орасидан фаолиятининг бошланишини эслатадиган футболчини алоҳида эътироф этди.

«O‘z farzandingizni o‘pganda ularni eslang»: Eronning AQShga keskin murojaati

Эроннинг Арманистондаги дипломатик ваколатхонаси Оқ уй матбуот котиби Кэролайн Левиттнинг фарзандли бўлгани юзасидан муносабат билдириб, АҚШнинг Минабдаги мактабга берган зарбаси оқибатида ҳалок бўлган болаларни ёдга олди.

«Putin Zelenskiyni qabul qilishga tayyor, mayli, kela qolsin» — Ushakov

Россия президенти ёрдамчиси Юрий Ушаков Владимир Путин Украина президенти Владимир Зеленский билан учрашув ўтказишга тайёрлигини билдирди.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.