RASMAN: Super-kontrakt narxlari belgilandi

RASMAN: Super-kontrakt narxlari belgilandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi super-kontraktlar haqida qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlarni ma’lum qildi:

O‘qishdan yiqilib, kontraktning kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Joriy yilda abituriyentlar uchun super-kontrakt to‘lashda quyidagi yengilliklar beriladi:

* super-kontraktni birinchi, ikkinchi va uchinchi yo‘nalishda ham o‘qish mumkin;

* super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanadi (ya’ni narxlar arzonlashadi);

* to‘lovchilarning o‘z hohishiga ko‘ra stipendiyali to‘lovlar, ya’ni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasiga (bir o‘quv yili uchun 4,8 mln so‘m) qo‘shimcha to‘lash mumkin. Ya’ni agar istasa 4,8 mln so‘m qo‘shib to‘lasa, talaba har oy stipendiya olishi ham mumkin bo‘ladi;

* super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi;

* bunda super-kontrakt miqdorini oylarga bo‘lib to‘langanda ham, o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1 noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lanishi lozim;

* yuqoridagi qoidalar kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun ham amal qiladi. Eslatib o‘taman, kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

Super-kontrakt narxlari

To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Miqdorlar o‘tgan yilgidan deyarli o‘zgarmagan.

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya’ni 229 mln 184 ming so‘m.

Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya’ni 170 mln 649 ming so‘m.

Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.

1-ESLATMA: ushbu narxlar minimal miqdor hisoblanadi. Joriy yildan boshlab OTMlar super-kontrakt narxini o‘zi mustaqil belgilaydi, faqat asosiy sharti minimal miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Ya’ni yurisprudensiyada super-kontrakt 229 mln so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas, lekin talabga qarab bundan qimmat bo‘lishi mumkin. Super-kontrakt narxining aniq qancha bo‘lishini OTMdan borib bilishingiz mumkin.

2-ESLATMA: 56,7 balldan kam to‘plaganlar super-kontraktning kamida 2 barobarini to‘lashadi. Masalan, yurisprudensiya kamida 50 barobar, tibbiyot kamida 40 barobar va h.k.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!