Rasman! "Avtovaz" Nissan kompaniyasining Rossiyadagi aktivlarining 99 foizini sotib oldi

Rasman! "Avtovaz" Nissan kompaniyasining Rossiyadagi aktivlarining 99 foizini sotib oldi

"Avtovaz" Nissan'ning Rossiyadagi aktivlarini sotib olish bo‘yicha bitimni yopdi. Tegishli hujjatlarni bugun "AvtoVAZ" prezidenti Maksim Sokolov va "NAMI" bosh direktori Fyodor Nazarov imzoladi, deb xabar bermoqda Rossiya kompaniyasi matbuot xizmati.

Kelishuvlar doirasida Avtovaz "Nissan Menufekchuring RUS"' MCHJ ustav kapitalidagi 99 foiz ulushini sotib oldi. Agar xohlasa, Nissan olti yil ichida Rossiyadagi sobiq aktivlarini qaytarib olishi mumkin.

"Mavjud muammolarga javoban "Avtovaz" jamoasi oldida nafaqat Sankt-Peterburgdagi maydonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, balki o‘z mahsulotlarini mahalliylashtirish darajasini barqaror oshirishni ta’minlash vazifasi turibdi", – dedi Albert Karimov Rossiya Federasiyasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari.

O‘z navbatida, Maksim Sokolov joriy yilning ikkinchi yarmida Sankt-Peterburgdagi sobiq Nissan zavodida avtomobil ishlab chiqarishni qayta tiklash rejalarini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!