Raqib futbolchisini urgan "Real" futbolchisi 6 oyga diskvalifikasiya qilinishi mumkin
«Real Madrid» yarim himoyachisi Federiko Valverdening «Vilyarreal» yarim himoyachisi Aleks Baenaga qilgan hujumi kelasi hafta eshitiladi.
AS nashri xabariga ko‘ra, 17 aprel kuni zo‘ravonlik, irqchilik, ksenofobiya va sportdagi murosasizlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi yig‘ilish o‘tkazadi va unda polisiyadan tegishli materiallar kelib tushgan taqdirda vaziyat o‘rganiladi.
Komissiya ishni ikkita hujjat bo‘yicha ko‘rib chiqadi: yarim himoyachiga yetkazilgan zarar ko‘rsatilgan tibbiy xulosa va «Real» futbolchisining harakatlari yuzasidan huquq-tartibot idoralariga kelib tushgan shikoyat. Qayd etilishicha, agar ariza qaytarib olinmasa, jinoiy prosess qo‘zg‘atilishi muqarrar, shikast yengil, ya’ni jarrohlik yoki davolanishni talab qilmasa, ish jarima bilan cheklanishi mumkin.
Agar komissiya hujumni intizom bilan bog‘liq deb hisoblasa, ishni Ispaniya Qirollik futbol federasiyasiga topshirishi mumkin — u holda Valverdeni 2-4 ta o‘yingacha diskvalifikasiya qilish yoki mustaqil ravishda jazoni belgilash huquqiga ega. Ya’ni Valverde 1 oydan olti oygacha har qanday sport inshootlariga kirishi taqiqlanishi mumkin.
