Ra’no Yarashevaning otasi vafot etdi

Ra’no Yarashevaning otasi vafot etdi

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarashevaning otasi Sayfullo hoji Yarashev kecha, 31 may kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

Sayfullo hoji Yarashev 1928 yilning 13 sentyabrida Samarqandda tavallud topgan. U umrini ta’limga bag‘ishladi, maktabda o‘qituvchi, so‘ng direktor, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishladi. Nafaqaga chiqqach ham tinch o‘tirgani yo‘q. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrining aholisi eng ko‘p mahallasi “Kunjupay” MFYga raislik qildi.

Sayfullo hoji Yarashev 9 farzandning otasi (4 o‘g‘il 5 qiz), 31 nabira, 62 evara, 2 chevaraning bobosi edi. Ra’no Yarasheva farzandlar orasida to‘rtinchisi, uch o‘g‘ildan keyin to‘ng‘ich qiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!