Ramzan Qodirovning o‘g‘li Rossiya Mudofaa vazirligidagi lavozimga tayinlandi

Ramzan Qodirovning o‘g‘li Rossiya Mudofaa vazirligidagi lavozimga tayinlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li, 16 yoshli Adam Qodirov Rossiya Mudofaa vazirligining Shayx Mansur batalyoniga kurator bo‘ldi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov ma’lum qildi.

"Bugun men Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligining Shayx Mansur bataloni shaxsiy tarkibiga ularning yangi kuratori — Checheniston Respublikasi Qahramoni, Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik xizmati rahbari Adam Ramzanovich Qodirovni tanishtirdim. Bu tayinlov Adamning xalqimizni diniy, oilaviy va madaniy qadriyatlarini asrab-avaylashga qo‘shgan ulkan xizmatlarining natijasi bo‘ldi”, deb yozdi deputat o‘zining Telegram- kanalida.

Shuningdek, Delimxonov Adam Qodirov Shayx Mansur batalyonining ikkinchi yulduzi bilan taqdirlanganini ta’kidladi. Birinchi yulduzni avvalroq respublika rahbari Ramzan Qodirov qabul qilgan edi.

Kavkazning birinchi imomi Shayx Mansur nomidagi batalyon tuzilgani oktyabr oyining ikkinchi yarmida ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!