Ramos «Real»ga ishora qildimi?

38 yoshli himoyachi Serxio Ramos Meksikaning «Monterrey» jamoasiga o‘tganidan beri 4 ta o‘yinda 3 ta gol urishni uddaladi.
Ispaniyalik futbolchining golni nishonlashdagi noodatiy harakatlari ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. U 3 ta golning 2 tasida bu harakatni takrorladi.
Ayrim tarmoq foydlanavuchilari Ramosning golni nishonlashidagi harakatlarini erkin agent bo‘lganida ikki bor o‘zini «Real»ga taklif qilgani, ammo rad javobini olgani, hozir esa muhim gollarni urib ularni nishonlash orqali sobiq jamoasiga ishora qilyapti, deya taxmin qilishmoqda.
Yana bir taxminga ko‘ra, Ramos bu harakatlar orqali u bilan Meksikaga borishni istamagan rafiqasiga javob qaytarayotgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra Ramosning ayoli u bilan uchinchi bor boshqa yerga ko‘chib o‘tishni xohlamay, Madridda qolishni afzal ko‘rgan.