Ramazon kundaligidan: Ro‘zador kishi so‘lagini yutishi mumkinmi?

Ramazon kundaligidan: Ro‘zador kishi so‘lagini yutishi mumkinmi?

- Aytishlaricha, ro‘zador odam o‘z so‘lagini yusa ro‘zasi ochilib ketishi mumkin ekan. Bu gap qanchalik to‘g‘ri?

Ro‘zador so‘lagi (tufugi)ni yutishi bilan ro‘za ochilmaydi. «Muhitul Burhoniy» nomli kitobda bu haqida shunday deyiladi: «Ro‘zador og‘zida tufugini yig‘ib keyin yutib yuborsa, ro‘zasi buzilmaydi».

Qasddan so‘lagini og‘zida to‘plab yutish esa makruh bo‘ladi. Bu haqda «Fatavoi Hindiya»da quyidagi jumlalar keltirilgan: «Ro‘zador tufugini og‘zida yig‘ib, keyin yutib yuborishi makruh bo‘ladi. ‘Zohiriyya’da shunday keltirilgan».

Demak, tufukni qasddan og‘izda yig‘ib, yutishdan iloji boricha saqlanish kerak bo‘ladi. Odatdagi holatda esa so‘lakni ichga o‘tishi makruh emas va ro‘zani ham buzmaydi. Vallohu alam

Savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mutaxassisi Muhammadjon Ibragimov javob berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!