Rafet El Roman bugun Toshkentda konsert beradi

Rafet El Roman bugun Toshkentda konsert beradi

Bugun, 19 oktyabr kuni turk estradasining yorqin yulduzi Rafet El Roman Toshkentga yetib keldi. Qo‘shiqchi Toshkent shahrida navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi.
 
Xonanda 11 kishidan iborat jamoasi bilan soat 7:20 da Toshkentga kelgan. Bugun xonanda soat 19:00 da “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida jonli ijroda konsert dasturini taqdim etadi.
 
Bu Rafet El Romanning O‘zbekistonga ilk tashrifi emas. U avval bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
 
Xususan, 2017 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etgan. Festivaldan so‘ng Toshkentda konsert bergan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!