"Qo‘yliq" dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa joyga ko‘chiriladi

"Qo‘yliq" dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa joyga ko‘chiriladi

"Qo‘yliq" dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa joyga ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Poytaxtimizdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikasiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida, "Qo‘yliq" dehqon bozori va unga tutash bo‘lgan ulgurji savdo maydoni joylashgan manzilda yo‘l kengayishi va ko‘prik qurilishi ishlari rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan "Qo‘yliq" dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chiriladi.

Bu boradagi ishlar haqida tez kunda qo‘shimcha ma’lumot beramiz", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!