Qo‘shrabotda shifokor bemorning yaqinlari tomonidan sababsiz haqoratlanib, kaltaklandi

A A A
Qo‘shrabotda shifokor bemorning yaqinlari tomonidan sababsiz haqoratlanib, kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorni bemorning yaqinlari kaltaklaganligi holatlari aks etgan materiallar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

O‘rganishlarda voqea joriy yilning 7 avgust kuni Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining qabul bo‘limida ro‘y berganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, shu kuni kech soat 17:40 lar atrofida tuman markaziy shifoxonasining qabul bo‘limiga 1973 yilda tug‘ilgan M.S. shu tumanda yashovchi Bekzod va Mirolim ismli shaxslar tomonidan olib kelingan. Navbatchilikni o‘tayotgan terapevt shifokor Otabek Sirliboyev bemorga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida nosilkani ko‘tarishda qatnashadi va bemorni olib kelgan ikki erkakning tibbiyot xodimlariga nisbatan aytilgan haqoratli so‘zlarini eshitadi.

«Avvaliga ular barcha tibbiyot xodimlarini haqoratlashdi. ‘Yordam ko‘rsatyapmiz-ku, nimaga bunaqa haqoratlayapsiz vrachlarni’ deganimdan so‘ng mening shaxsiyatimga teguvchi so‘zlar bilan yanada qattiqroq haqoratlab, meni ikkalasi bir vaqtning o‘zida baravariga urib-tepib ketishdi. O‘sha vaziyatda ular mast holatda edi. Men nima uchun haqorat eshitganligimni, nima sababdan tayoq yeganligimni umuman tushunmadim. Shu kuni IIB bo‘limiga xabar berildi, ular kelib mendan tushuntirish xati olib ketishdi, xolos. Oradan deyarli olti kun o‘tib, voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan keyingina, jarohatlarim bitay deganda IIB xodimlari kelib, meni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tish uchun yuborishdi», — deydi terapevt Otabek Sirliboyev.

«Oxirgi bir oy ichida ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l-patrul xizmati xodimlaridan qochib ketgan bir qancha haydovchilar aks etgan videosi tarqalib ketdi. Ushbu holatlarning barchasida sho‘xlik qilib qochib ketgan haydovchilar zudlik bilan topilib, Internet tarmoqlari orqali ular va ularning yaqin qarindoshlari YPX xodimlaridan kechirim so‘rattirilib, 15 sutka qamoq jazosiga tortilganligining guvohi bo‘ldik.

Xuddi shunday internet saytlarda ichki ishlar idorasi xodimiga bir tarsaki urgan qonunbuzarlar zudlik bilan ushlab keltirilib, darhol qamoqqa olinganligi va keyinchalik ular ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham tez-tez o‘qib turibmiz. Lekin ichki ishlar xodimlarining biz vrachlarga nisbatan sodir etilgan tajovuzlarga bo‘lgan bunday munosabati, sudning esa vrachlarga mushtumzo‘rlik qiladiganlarga judayam yengil jazo tayinlab kelishi tibbiyot xodimlarida chuqur taajjub uyg‘otmoqda. Axir biz ham ichki ishlar idorasi xodimiga o‘xshab xalqning xizmatini qilayapmiz-ku. Bizning aybimiz nimada? Tibbiyot xodimlari bilan bog‘liq vaziyatlarda nega bunday sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi kerak?», — deya so‘zida davom etadi Otabek Sirliboyev.

Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng jabrlanuvchi Otabek Sirliboyevga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, dastlab markaziy shifoxonaning shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda u boshi va ko‘z qismi jarohati bilan davolanishni davom ettirmoqda. Ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorning ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida.

«Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etib o‘tish lozimki, yuqoridagi kabi shifokorlarni haqoratlab, ularga tajovuz qilish holatlari joriy yilning o‘tgan davri mobaynida, birgina Qo‘shrabot tumanida to‘rt marta kuzatildi. Mamlakatimiz bo‘yicha olganda esa bu raqamlar juda katta va ayanchli ahvolda», — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining yetakchi yuriskonsulti Sanobar Yusupova.

«Sog‘liqni saqlash vaziri shifokorlarning haq-huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishidan iborat qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish tashabbusini muntazam ilgari surib kelmoqda. Har qanday holatda ham vazirlik tibbiyot xodimlarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, ularni turli noqonuniy xatti-harakatlardan asrash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tegishli choralarni qat’iy ko‘rib boradi», — deyiladi xabarda.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

AQSh Eronga urushni to‘xtatish uchun 11 ta shart qo‘ydi

АҚШ Эронга урушни тугатиш учун ўз шартларини юборди, деб хабар беради The New York Times манбаларга таяниб.

Eron Isroil va AQSh bazalariga 80-zarbalar to‘lqinini e’lon qildi

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси эълон қилди.

Eron Hormuz bo‘g‘ozida SELEN konteyner kemasini qaytarib yubordi

Бу ҳақда ИИҚК денгиз флоти бошлиғи Али Ризо Тангсири ижтимоий тармоқларда эълон қилди.

Rossiyaning neft eksportidan tushadigan daromadlari so‘nggi to‘rt yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

Европа таҳлил ва стратегия маркази асосчиси Владислав Иноземцевнинг фикрича, ушбу уруш Россия учун иқтисодий жиҳатдан манфаатли бўлиб чиқмоқда

Qozog‘iston energetika vaziri AQShga Kaspiy dengizining foydalanishni taklif qildi

Бу ҳақда Қозоғистон Энергетика вазирлиги маълум қилди.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Маълум бўлишича, у маҳаллий мактаблардан бирининг 11-синф ўқувчиси бўлиб, транспорт воситасини тегишли ҳужжатларсиз бошқарган.

Termizda kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg «gashish» fosh qilindi

Дастлабки маълумотларга кўра, ушбу катта миқдордаги гиёҳвандлик воситалари Россия Федерациясига олиб кетилаётган бўлган.

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.

Londonda yahudiy tashkiloti tez yordam mashinalariga o‘t qo‘yildi

Полиция мазкур ҳодисани антисемитик нафрат жинояти сифатида тергов қилмоқда. Ҳужум оқибатида бир неча транспорт воситаларига жиддий зарар етган.

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Ироқнинг Эрбил халқаро аэропорти яқинида, шунингдек АҚШ ҳарбий базаси жойлашган ҳудудда кетма-кет портлашлар эшитилди.

Eron mojarosi kengaymoqda: zarbalar xaritalarda aks ettirildi

Яқин Шарқдаги Эрон атрофидаги можаро тобора кенгайиб бормоқда. Хариталарга асосланган таҳлилларга кўра, Теҳрон томонидан минглаб ракеталар ва дронлар минтақанинг турли нуқталарига йўналтирилган.

AQSh harbiylari: “Isroil uchun o‘lishni istamaymiz”

АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.