Quruq ko‘zlar sindromi qarilikning belgisimi?

Ko‘zlar doimiy ravishda ko‘zyosh ishlab chiqaradi va bu yoshlar ko‘z yuzasini namlantirib turish vazifasini bajaradi.
Kasallikka chalingan insonlarda esa yetarlicha ko‘zyosh ishlab chiqarilmasligi oqibatida ko‘zyoshlar ko‘z yuzasini namlantirishga ulgurmay bug‘lanib ketadi. Kamchiliklar oqibatida ko‘zlar quruq va qadalayotgandek bo‘laveradi.
Oftalmologlar tomonidan eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri sifatida e’tirof etilgan mazkur kasallik 50 yoshdan oshgan 30 foiz odamda kuzatiladi.
Ko‘z yuzasida quruqlik va yallig‘lanish ham kuzatiladi.
Kontakt linza taqadiganlarda va ko‘z jarrohligini boshidan o‘tkazganlarda quruq ko‘z sindromi kuzatilishi ehtimoli yuqoriroq hisoblanadi.
Ba’zilar esa yorug‘likka qarashga qiynalishi yoki nigohlari jimirlashi, ko‘zida begona jism bordek tuyulayotganidan arz qiladi.
Ko‘pchilik ko‘z qurishi kasalligi o‘zida kuzatilsa, e’tibor bilan qaramaydi, uni qarilikning belgisi sifatida ko‘rishadi, davolash yoki oldini olishga harakat qilmaydi.
Agar uni davolashga e’tibor qaratilmasa, ko‘z yuzasida yaralar hosil bo‘lishiga yoki ko‘rish qobiliyati pasayishiga olib keladi.
Bunday holatlarda, albatta, shifokorga murojaat qilish, eng ko‘p vaqt sarflanadigan xonalarda havo namlantirgichlardan foydalanish, kontakt linzalardan to‘g‘ri foydalanish hamda maxsus mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.