Qo‘qonda ota-bola qarindoshini pichoqlab, murdani o‘z xonadoni hovlisiga ko‘mdi

Qo‘qonda ota-bola qarindoshini pichoqlab, murdani o‘z xonadoni hovlisiga ko‘mdi

Qo‘qon shahar Quduqlik ko‘chasida yashovchi 19 yoshli A.X. otasi 47 yoshli YO.X. bilan birga tog‘asi A.A.ni janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan bo‘yin va qorin sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, voqea 19 oktyabr kuni soat 00:30 larda sodir bo‘lgan. Murda yashash xonadoni hovlisiga ko‘mib qo‘yilgan.

Holat yuzasidan 1 noyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.X va Y.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «p» bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!