Qozog‘istonning bir necha hududida sovuq ob-havo tufayli maktablar yopildi

Qozog‘istonning bir necha hududida sovuq ob-havo tufayli maktablar yopildi

Nursultonda birinchi smenada o‘qiydigan 0 — 11 sinf maktab o‘quvchilari hamda 1-2-kurslarda tahsil oladigan kollej talabalari uchun darslar qoldirildi. Bu haqda shahar ta’lim boshqarmasiga tayanib «Regnum» xabar berdi, deydi "darakchi.uz".

Ayrim maktablarda ikkinchi smenada o‘qiydigan 1-2-kurs kollej talabalari hamda barcha sinfdagi maktab o‘quvchilarining mashg‘ulotlari bekor qilingan. Darslarning qoldirilishi ob-havo sharoiti yomonlashishi bilan bog‘liq.

Nursulton favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga yaqin bir necha kun ichida havo harorati -28 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.

Semipalatinsk ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shahar maktablarida birinchi smenada o‘qiydigan 1 — 9 sinf o‘quvchilarining ham darslari bekor qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!