"Qozog‘istonda rus tilining mavqei zaiflashmagan" – Toqayev

"Qozog‘istonda rus tilining mavqei zaiflashmagan" – Toqayev

Tokayevga ko‘ra, Qozog‘istonda rus tilining mavqei hech qanaqasiga yomonlashmagan.

Qozog‘istonda rus tilining mavqei zaiflashmagan, buning aksini da’vo qilayotganlar esa haqiqatga qarshi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Qozog‘istonda rus tilining mavqei pasayib ketdi, qisqardi, qolaversa, illatga aylandi, deganlar haqiqatga qarshi. Bularning barchasi u yoki bu vaziyatni siyosiylashtirish uchun yovuzlar tomonidan keltirilgan dalillar”, deydi u.

Tokayevga ko‘ra, Qozog‘istonda rus tilining mavqei hech qanaqasiga yomonlashmagan.

“Men bunga aminman... Qozog‘istonda til masalasini siyosiylashtirmaslik kerak, rus tilining pozisiyasi o‘zgarmagan”, - deydi u.

Shuningdek, Toqayev Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda do‘stlik hamda ittifoqchilik uzluksizligi saqlanib qolgani, respublika rasmiylari buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini qo‘shimcha qildi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ittifoqchilik uzviyligi to‘liq saqlanib qolgan. Nima bo‘lganda ham, men davlat rahbari sifatida mamlakatlarimiz o‘rtasida chinakam do‘stona munosabatlar saqlanib qolishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaman”, - dedi Qozog‘iston rahbari.

Toqayevning fikricha, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik abadiy bo‘lishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!