Qozog‘istonda koronavirusdan 18 nafar tibbiyot xodimi vafot etdi

Qozog‘istonda koronavirusdan  18 nafar tibbiyot xodimi vafot etdi

Koronavirus pandemiyasi davrida Qozog‘istonda jami 18 nafar tibbiyot xodimi COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda davlat bosh sanitar vrachi Ayjan Esmagambetovaga tayanib Tengrinews nashri xabar qilgan.

«Bugungi kunda Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlarning 11,5 foizini tibbiyot xodimlari tashkil qiladi. Ularning 492 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. 511 nafar tibbiyot xodimi davolanishni davom ettirmoqda. Ular orasidan 18 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan», — degan Ayjan Esmagambetova maxsus brifingda.

Shuningdek, Esmagambetova o‘lim holatlarining hammasi ham koronavirus bilan bog‘liq emasligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 7 aprelda Qozog‘istonda tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!