Qozog‘istonda har bir onaga o‘rtacha uch farzanddan to‘g‘ri keladi

Qozog‘istonda har bir onaga o‘rtacha uch farzanddan to‘g‘ri keladi

O‘tgan yili Qozog‘istonda 388 ming chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda QR Milliy statistika byurosi tarqatgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldi.

Jumladan:

51,6% o‘g‘il bolalardir

48,4% qizlar

Tug‘ilish koeffisiyenti: 1000 kishiga 19,52.

2022 yilda 1000 kishiga 20,57 ni tashkil etdi.

Tug‘ilishning eng yuqori ko‘rsatkichi Mang‘istau (1000 aholiga 26,74 kishi), Turkiston viloyati (1000 aholiga 26,18 kishi) va Chimkent shahrida (1000 aholiga 25,70 kishi) kuzatildi.

Tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti (TUK) - reproduktiv davrda (15-49 yosh) bir ayoldan tug‘ilgan bolalarning o‘rtacha soni - 2,96.

Viloyat bo‘limida TUKning eng yuqori darajasi Turkiston (4,39), Mang‘istau (3,99) viloyatlarida, eng past darajasi esa Shimoliy Qozog‘iston viloyatida (1,82) qayd etilgan.

Shaharda — 2,63 (2022 yilda — 2,76), qishloq joylarda — 3,59 (2022 yilda — 3,59).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!