Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari telefonda gaplashdi

Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari telefonda gaplashdi

Prezident Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi.

Kreml ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlar ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va energetika sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan.

«Qosim-Jomart Toqayev Rossiya Prezidentining Federal Majlisga Murojaatnomasining mazmunli, dasturiy xarakterini alohida ta’kidladi», — deyiladi Kreml matbuot xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!