Qozog‘iston poytaxtida SHHT energiya forumi bo‘lib o‘tadi

Oktyabr oyida Qozog‘iston poytaxtida SHHT energiya forumi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda SHHTga a’zo davlatlar energetika vazirlarining videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchinchi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Iyun oyida SHHT organlariga raislik Hindistondan Qozog‘istonga o‘tadi. Energetika vaziri Akchulakovning so‘zlariga ko‘ra, Toqayev tashabbusi bilan Qozog‘iston 2030 yilgacha hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan SHHTning Energetika strategiyasini ishlab chiqmoqda.
SHHTga a’zo davlatlar energetika vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi 2024 yilning iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)