Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqadi

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqadi

Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Alixon Smailov ma’lum qildi.

“Yangi saylangan Majilisdan oldin hukumat o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Biz iste’foga chiqamiz. Yangi hukumat tuzilmaguncha, biz o‘z vazifamizni bajaramiz. Yangi bosh vazir kim bo‘lishini prezident va Majilis hal qiladi”, - dedi Alixon Smailov.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qozog‘istonda Majilis va maslahatlarga navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!