Qosimjonov turnirida Sindarov va Abdusattorov peshqadamlik qilmoqda

Qosimjonov turnirida Sindarov va Abdusattorov peshqadamlik qilmoqda

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha davom etayotgan "Rustam Qosimjonov xalqaro turniri"ning “Masters” va “Chellenjer” guruhlarida 5-tur o‘yinlari ortda qoldi.

Sovrin jamg‘armasi 70 ming AQSh dollaridan iborat xalqaro turnirning ortda qolgan tur natijalariga ko‘ra, “Masters” guruhida Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov 4 ochkoga ega bo‘lgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Ulardan keyingi 3-o‘rinni 1-turda Javohir Sindorovdan, 4-turda Nodirbekdan hamda 5-turda Rustam Qosimjonovdan ustun kelgan eronlik Parxam Magsudlu (3 ochko) bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!