Qoraqalpog‘istondagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 26 mart kuni Cobalt va MAN yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Respublika Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, soat 16:15 da haydovchi SH.T. Cobalt’ni boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib, chap tarafga burilayotgan MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Cobalt’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan S.X. og‘ir tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay u shifoxonada vafot etgan. Mazkur YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!