Qoraqalpog‘istonda qarzdor korxonaning 2 ta avtomashinasi reyd tadbirlarida topildi

Qoraqalpog‘istonda qarzdor korxonaning 2 ta avtomashinasi reyd tadbirlarida topildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruvdagi avtotransport vositalarini qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining 15.01.2024-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Euro Beton” MCHJdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi DSB foydasiga 520,4 mln. so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning nomida “SHACMAN” va “HOWO” rusumli yuk avtotransport vositalari mavjudligi aniqlangan.

Ushbu avtotransport vositalari qarzdor joylashgan manzilda yo‘qligi sababli ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 30-may kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan birida qarzdorga tegishli avtomashina Nukus shahridan topilib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!