Qoraqalpog‘istonda poyezd KAMAZ bilan to‘qnashib ketdi

A A A
Qoraqalpog‘istonda poyezd KAMAZ bilan to‘qnashib ketdi

Poyezdda 216 ta yo‘lovchi bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yo‘lovchi tashuvchi poyezd va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 6 oktyabr kuni soat 15:31 atrofida Qo‘ng‘irot mintaqaviy temiryo‘l uzeliga qarashli To‘rtko‘l ‒ Ellikqal’a stansiyalari oralig‘ining 531 km 8-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Qo‘ng‘irot Andijon yo‘nalishidagi 128-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati davomida temir yo‘l kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan Kamaz yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan. Yo‘lovchi poyezdida 216 ta yo‘lovchi bo‘lib, ularga hech qanday zarar yetmagan. Teplovoz poyezdni olib ketolmasligi sababli O‘zTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyidan jo‘natilgan.

Voqea joyiga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда