Qiziqarli va «sehrli» kuchga ega qaror: To‘ylarni tartibga solib bo‘ladimi?

A A A
Qiziqarli va «sehrli» kuchga ega qaror: To‘ylarni tartibga solib bo‘ladimi?

Parlament palatalari Kengashlarining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori Senatda tasdiqlandi. Kuni kecha ushbu qaror ijrosiga qaratilgan nizom internetda tarqaldi.

Ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismlari bo‘lgan huquqiy va axloqiy munosabatlarning o‘ziga xos tabiati bor. Misol uchun axloqni har kim har xil tushunadi. Kim uchundir odob-axloq muhim bo‘lsa, ayrimlar uchun aksi bo‘lishi mumkin.

To‘yda likillab o‘yinga tushgan kelin-kuyovni xatti-harakati kim uchundir axloq normalariga mos emas, kim uchundir esa buning aksi. Shu va shunga o‘xshash munosabatlarni faqat va faqat tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. To‘yda puldan «pulchambar» yasab kimningdir bo‘yniga ilib qo‘yish bu huquqbuzarlik — milliy valyutaga nisbatan hurmatsizlikdir.

Udumga kirgan to‘yni ssenariysidan tortib, boshqa ikir-chikirlarigacha huquqiy normalar orqali kurashishga to‘g‘ri keladigan holatlar ham bor. Masalan: fotograf, san’atkor yoki boshqa xizmat ko‘rsatuvchi, shuningdek, ish bajaruvchi davlat tomonidan o‘rnatilgan soliqlarni to‘lamaganlik uchun, to‘yxona va restoran egasi esa, daromadlarini yashirganlik uchun, to‘y qiluvchi daromadlarini legallashtirganlik, deklarasiya qilmaganlik uchun, haydovchi lisenziya olmaganlik uchun va hok.

Bularning barchasi aslida amaldagi qonunlarimizda tartibga solingan. Biroq, shu qonunlarni ijrosini ta’minlashni uddalay olmayapmiz. Qani har bir tizim o‘ziga yuklatilgan yuqoridagi holatlarga qarshi kurashishni zimmasiga olganda, mas’uliyatni his etganda, senat ijroni ta’minlashdek qator ijro hokimiyatining vakolatiga oid masalalarni o‘ziga olmas va bunday qaror va nizom ishlab chiqmas edi.

Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, davlat xizmatchilari uchun daromadlarning kuchli deklarasiya tizimini va ijro mexanizimini joriy etmasdan, ro‘yxatsiz biznesni imkon qadar bartaraf etmasdan, qora bozorni cheklash choralarini ko‘rmasdan turib, bunday tartib qoidalarni joriy qilish, bino fundamentini qurmasdan avval devorini ko‘tarib, tomini yopishga kirishish kabidir.

Sir emas, jamiyatdagi munosabatlar axloq normasi yoki huquq normasi bilan tartibga solinadi. Xo‘sh, to‘y va marosimlardagi dabdababozlik kabi ma’naviy masalalar qaysi bir norma bilan tartibga solinadi? Albatta, jamiyatda o‘rnatilgan axloq normalari asosida. Bordi-yu huquq, majburlov normalari asosida tartibga solinsa, aholining ayrim haq-huquqlariga zid bo‘lib, kutilgan natijani ham berishi amrimahol.

Asosiy qonunimizning 54-moddasida mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi deb belgilangan. Agar ma’lum bir mablag‘ va puli bor kishini biz o‘sha mablag‘ yoki pulning egasi, mulkdori deb hisoblasak, unda mablag‘ni to‘yga sarflamoqchi kishiga qandaydir bir tarzda cheklov qo‘yish huquqiga hech kim ega emas. Hatto Senat ham. Qachonki, Konstitusiyamizning yuqoridagi kabi normalari amalda bo‘lsa.

Masalaning yana bir muhim jihati shundaki, Senat qarori yurtimizning markaziy shaharlari yoki aholining ma’lum bir toifalari uchun chiqarilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, ko‘pgina hududlarda bo‘ladigan to‘ylarga amalda ham 200 nafar, oshlarga 250 nafar kishi ishtirok etmaydi. Misol uchun, respublikamizning mehnat muhojirlari faol bo‘lgan 54 ta tumandagi qator qishloqlar yoki mahallarda oshga 100 kishi kelsa, to‘y egasi xursand bo‘ladi. Agar do‘ppini boshdan olib chuqur o‘ylab ko‘rilsa, ayni paytda aholining juda katta qismi to‘y va marakalarni dabdababozlik, isrofgarchilik va shuhratparastlik bilan o‘tkazmasligi ma’lum bo‘ladi.

Qarorni o‘qib, yana quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

  • to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bitta guruhda bir necha xonandalar birlashishi mumkinmi? Qarorning bu normasi ham tushunarsiz;
  • qarorning dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni («etti», «payshanbalik», «yigirma», «qirq», «yil oshi», «pul tarqatish», «mato ulashish» va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi band, albatta, ushbu marosimlar xurofiy bo‘lib, din arkonlariga ham mos kelmasligi mumkin. Shu bois, mazkur marosimlar musulmonlar idorasi fatvosi yoki Din qo‘mitasi faol tashabbuslari asosida yoxud boshqa diniy tashkilotlar tomonidan targ‘ibot-tashviqot vositasida bartaraf etilsa maqsadga mumvofiq bo‘lar edi. («Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun);
  • shuningdek, qaror va nizom matniga bir ko‘z yugurtirilsa, bu hujjat o‘zbek millati uchungina chiqarilgan degan mulohazaga kelasiz. Vaholanki yurtimizda 132 ta millat va elat vakillari yashashadi.


Aholi ongini o‘zgartishga da’vogar — «sehrli» qaror:

  • to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etiladi deb belgilangan. Zero, shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka («kelin navkari», «chorlar», «ota ko‘rdi», «sep yoydi», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «tog‘ora yuborish», «pul sochish» va hokazolarni) yo‘l qo‘ymaslik, mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish – bularning bari inson ongi, dunyo qarashidagi omillar bilan bevosita bog‘liq;
  • bu ortiqcha xarajat va tadbirlar albatta qaror bilan emas, balki daromadlarning kuchli deklarasiya tizimi, soliq sohasini jiddiy takomillashuvi, uning samarali ijro mexanizmi hamda vaqt mashinasining harakati jarayonida aholi ongi va dunyoqarashida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan asta-sekin o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘lib, mohiyati ham shakl-shamoyili ham o‘zgarib boraveradi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, bu — aksioma.


Qaror va nizom kuchga kirishi bilan kutiladigan natija:

  • ushbu hujjatlar kuchga kirishi bilan olti oy, bir yil, keling mayli ikki yilcha butun OAV, ijtimoiy tarmoqlarda namunaviy to‘y va marakalar o‘tayotganligi, aholi bundan juda mamnunligi haqidagi ko‘plab chiqishlar bo‘ladi;
  • qarorning dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlashga oid band o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi;
  • to‘ylarda transportni tartibga solish haqidagi, to‘y va marosim va tadbirlarni o‘tkazish vaqti yuzasidan ham normaning ijrosi katta ehtimol bilan ta’minlanadi;
  • to‘yxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq shaxs ishtirokida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish uchun tadbir o‘tkazuvchi shaxs hamda to‘yxona, kafe va restoran, san’atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar) o‘rtasida shartnoma tuzish va byudjetga pul tushrishni ham 50 foizgacha bo‘lgan ehtimol bilan 2-3 yil davomida ijrosi ta’minlanishi mumkin;
  • eng asosiysi, bu hujjatlar bu borada o‘zlari xohlamay, gap-so‘zlardan qochib, ortiqcha xarajat qilayottgan oilalarga ijobiy stimul bo‘ladi.


Qaror va nizom kuchga kirishi bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar:

  • bunday hujjatlar taraqqiy etgan davlatlar tajribasida uchramasligi, demokratik tamoyillar va asosiy qonunimizning prinsiplariga to‘la mos emasligi, odatda bunday hujjatlar arzon populizm mevasi ekanligi ijtimoiy faol qatlamda shubha uyg‘otadi;
  • mazkur hujjatlarni qabul qilishga asos deb keltirilayotgan ijtimoiy masalalarni bartaraf etishning boshqa usuli va muqobil varianti bo‘la turib, shunday hujjat qabul qilingani hamda uning ijrosini ta’minlashni imkoni yo‘qligining ob’ektiv va sub’ektiv sabablari yuzaga kelishi bilan aholini parlament, u qabul qilayogan hujjatiga nisbatan ishonchi pasayadi;
  • vaqt o‘tishi bilan hujjatlarda ko‘tarilgan asosiy muammolarni bartaraf etish inson ongi tafakkuri, dunyoqarashi va jamiyatning bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘la moslashmaguncha hal bo‘lmasligi bilan baholanishi oydinlashib qoladi;
  • shusiz ham rivojlanayotgan xizmat ko‘rsatish sohasi rivojiga salbiy ta’sir etadi;
  • to‘yxona va tadbirlar o‘tkazuvchi boshqa ob’ektlar uchun ijara va boshqalarning narxi ishtirokchilar soniga muvofiq bo‘lmagan tarzda ortishiga sabab bo‘ladi;
  • san’atkorlarga sarflanadigan mablag‘da ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi, narxda tushish ko‘zatilmaydi, bilaks ortadi;
  • o‘ziga juda to‘q ayrim oilalarning to‘y xashamini chet davlatlarda o‘tkazish holatlari shakllanadi. Bu esa, valyutani chetga chiqishi yoki o‘zgalarning xizmat ko‘rsatish sohasi rivojiga ma’lum ma’noda ko‘maklashish demakdir;
  • MFY, Ichki ishlar organlari, transportga mas’ul va soliq organlaridan belgilanayotgan mutasaddilar va tadbir o‘tkazayotgan shaxslar o‘rtasida korrupsiya holatlari kelib chiqadi. Bu borada qo‘shni davlatda birgina qishloq hududi misolida bir yilgi oldi-berdilar mayda-chuyda to‘y mahsulotlaridan tashqari 6-10 ming dollarni tashkil etadi. Demak, jarayonda korrupsiya holatlari shakllanishini ehtimoli katta.


Tarixdan ma’lumki, bu kabi qarorlar ham bir necha bor qabul qilingan, lekin natija bermagan.

Isrofgarchilik, shuhratparastlik, dabdababozlik, ortiqcha sarf-xarajatlar, ko‘rpaga qarab oyoq o‘zatmaslik va hok. kabilar jamiyatimizdagi illatlar sanaladi. Lekin, pul-mablag‘ topish qay darajada tadbirkorlik, ishbilarmonlik,tadbirli kishlarga xos holatlar hisoblansa, uni o‘z o‘rnida aql bilan sarflash ham tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tadbirliylik belgisidir. Afsuski, Olloh barchani birdek qobiliyat va bir xil o‘y-fikr yuritadigan etib yaratmagan...

Xulosa shuki, jamiyatda shakllangan axloq qoidalari axloq normalari bilan tartibga solinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Yana kim biladi deysiz...

PS: Yuqoridagilar qarorni o‘qigandan keyingi shaxsiy mulohazalarim xolos.
To‘ylar muborak!

Nuriddin Murodov, huquqshunos

Manba: Xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

O‘zbekistonda sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда истиқомат қилувчи фуқаролар, дам олувчилар ҳамда тоғли ҳудудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчилардан эҳтиёткорлик чораларини кўриш талаб этилади.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Hech qanday mojaro yo‘q... - Kannavaro

Бош мураббийнинг сўзларига кўра, бу одатий текширувлар бўлган.

Putin migrantlar bo‘yicha yana bir qonunni imzoladi

Хабарларга кўра, мигрантларнинг тиббий кўрикдан ўтишдан бош тортгани учун жарималар оширилди

Profilaktika inspektorlari pora bilan qo‘lga tushdi

Инспектор мансабдор танишлари орқали собиқ ички ишлар ходимининг тизимга қайта ишга тикланишида ёрдам бериш эвазига 7 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Ukraina “Flamingo” raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi

Украина 10 июнга ўтар кечаси дрон ва ракеталар орқали Россиядаги нишонлар бўйлаб зарбалар йўллади.

Aleksandr Vuchich prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Вучич, шунингдек, бош вазир лавозимига номзодини кўрсатиш ҳақида ўйлаётганини, амалдаги ҳокимиятдан президентлик лавозимига муносиб ворис излаётганини тан олди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.

Samarqandda ayol 7 nafar nevarasiga zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Болалар омбудманининг ИИВ га сўрови асосида болаларни зўравонликдан ҳимоя қилиш ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида уларга ҳимоя ордери тақдим этилди.

Fransiya va Germaniya qo‘shma qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechmoqchi

Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.

Netanyahu Isroilning Hizbullohga qarshi operasiyasi davom etishini ma’lum qildi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяҳу Хавфсизлик кенгаши йиғилишидан сўнг Исроил Мудофаа кучларининг (IDF) Ливандаги Ҳизбуллоҳга қарши операцияси ҳали якунланмаганини билдирди.

Filippin janubidagi kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият маълумотларига таяниб хабар беришича, жабрланганлар сони 200 нафардан ошган.

Rejimni mustahkamlash va Rossiyani jilovlash: nima uchun Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi?

Хитой раиси Си Цзиньпиннинг Пхеньянга келган Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин икки давлат ўртасидаги «енгилмас дўстлик»ни яна бир бор таъкидлади.