Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlari uchun muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tadi

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlari uchun muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tadi

Qirg‘izistonda Osh, Qara-Su va Batken bir mandatli saylov okruglaridagi Jogorku Keneshning bir qator deputatlari vakolatlari muddatidan oldin tugatilishi munosabati bilan parlamentga xalq deputatlari muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Kazinform.

Hozirda saylovoldi tashviqoti davom etmoqda va 2024 yil 27 aprel soat 8:00 gacha davom etadi. 15 apreldan boshlab okruglardagi saylov komissiyalari deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan qo‘shma uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir mandatli uchta okrug bo‘yicha saylovda 30 nafar nomzod ishtirok etmoqda, ulardan 10 nafari Batkenda, 7 nafari Qara-Suda va 13 nafari Osh bir mandatli okruglarida.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq barcha nomzodlar saylovni qonun doirasida o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra ular faqat qonun doirasida ish olib borishga, bir-birlariga, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali “qora piar” ishlatmaslikka va’da berishgan.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlarining navbatdan tashqari saylovi 2024 yil 28 aprelda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!