Qirg‘iziston prezidenti Mudofaa vazirligida tayinlovlarni amalga oshirdi

Qirg‘iziston prezidenti Mudofaa vazirligida qator tayinlovlarni amalga oshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari etib Qurolli Kuchlar Bosh shtabi (QQ) boshlig‘i Erlis Terdikbayev tayinlangani xabar qilingandi. Boshqa buyruq bilan Oqilbek Ibrayev ushbu lavozimdan ozod etildi.
Bosh shtab boshlig‘i lavozimiga avval QKning Janubi-g‘arbiy tezkor qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimida ishlagan Ruslan Mukambetov tayinlandi. Uning o‘rniga Almazbek Qorasartov tayinlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)