Qirg‘iziston parlamenti Tojikiston bilan davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilishni ma’qulladi, deb xabar berdi chorshanba kuni respublika parlamenti matbuot xizmati.
“Yig‘ilishda 2025 yil 13 mart kuni Bishkek shahrida imzolangan “Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi uch o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, deputatlar Dushanbe bilan yo‘llar qurish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani hamda suv xo‘jaligi va energetika ob’ektlaridan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha shartnomani ham ratifikasiya qilgan.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi ming kilometr uzunlikdagi chegara vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi jiddiy mojarolar hududiga aylanib qolgandi. Bunga Tojikistonning So‘g‘d viloyati va Qirg‘izistonning Botken viloyati o‘rtasidagi delimitasiya qilinmagan hududlar sabab bo‘lgan. 2025 yilning fevralida Bishkekdagi muzokaralardan so‘ng Qirg‘iziston va Tojikiston delegasiyalari delimitasiya bo‘yicha yakuniy bayonnomani imzolashdi. Emomali Rahmonning 13 mart kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida davlat chegarasi to‘g‘risidagi bitim Prezidentlar tomonidan imzolangandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Бокс Лос-Анжелес-2028 ёзги Олимпия ўйинлари дастуридан ўрин оладиган бўлди. Бу ҳақида Грецияда ўтаётган Халқаро Олимпия қўмитасининг (ХОҚ) 144-Сессиясида расман эълон қилинди.
18-март куни кечқурун Лиговск проспектидаги "Галерея" савдо мажмуаси ёнида бир гуруҳ ёшлар орасида тўппончага ўхшаш буюм билан рақсга тушган 19 ёшли Ўзбекистон фуқароси полиция томонидан ушланди.